Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublika sabzavotchiligining xozirgi davrdagi rivojlanish bosqichi xususiyati raqobatbardosh mahsulotni muntazam ravishda ishlab chiqarishni köpaytirib berishdan iborat. Bunga mavjud tuproq iqlim sharoitidan va ösimliklarning biologik imkoniyatlaridan töliq foydalanish hisobiga erishish mumkin. Meva vaznining ortishi oziqlanish maydoniga bog'liq bo'ldi.O'simlikning oziqlanish maydoni ortgan sari tovar meva vazni va hosildorlik ko'rsatkichlari ortib bordi. Shu sababli ham isitilmaydigan issiqxona sharoitida achchiq qalampir yetishtirishda o'simlikning oziqlanish maydonini hisobga olgan holda ekib, yetishtirish katta ahamiyatga ega. Oziqlanish maydonining katta yoki kichik bo'lishi mahsulot sifatining yaxshi yoki yomon bo'lishiga sabab bo'ladi. Achchiq qalampir yangi uzilgan mevalari va qayta ishlangan mahsulotlariga ichki va tashqi bozorlarda talabning oshib borishi va eksport imkoniyatlarining kattaligi achchiq qalampir yetishtirishni asosan intensivlashtirish hisobiga hosildorlikni oshirish evaziga köpaytirishni taqozo etmoqda.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno