Maktub insonlar ijtimoiy hayotida muhim o¿ringa ega. Chunki, u insonning qalbida yastanib yotgan qalb kechinmalarini yuzaga chiqarib beruvchi asosiy vosita hisoblanadi. U nafaqat kundalik turmush tarzimizda balki, badiiy adabiyotda ham ahamiyatlidir. Badiiy adabiyot ijtimoiy hayotning in¿kosi bo¿lganligi sababli ijtimoiy hayotning mahsuli bo¿lgan maktublarning genezisi ularning tasniflari haqida olimlar o¿z fikr va mulohazalarini ifodalagan. Maktublarning o¿rganilishi har bir xalqlar adabiyotida adabiy manbalar shakillanishi täsirida rivojlandi. O¿zbek xalq og¿zaki ijodi namunalarida bir-biridan yiroq makonlarni bog¿lashga xizmat qiladigan detal sifatida ¿Alpomish¿, ¿Ravshan¿, ¿Kuntug¿mish¿ dostonlarida ham uchraydi. Umuman olganganda, maktublar Markaziy Osiyo xalqlarining mayishiy, mänaviy va madaniy hayotida muhim rol o¿ynagan.Badiiy asarlar tarkibida uchraydigan maktublarni ¿asar ichidagi asarlar¿ deb aytishimiz mumkin. Maktublarda badiiylik muhim ko¿rsatkich vazifasini bajaradi. Ichki kechinmalar va hayotiy voqelikda haqqoniylikni o¿zida namoyon qila oladi. Badiiy asar ichidan maktubni o¿zini olib o¿qiganimizda xuddi bir taqdir haqida asar o¿qiyotgandek xis etadi.