36,99 €
inkl. MwSt.
Versandkostenfrei*
Versandfertig in 6-10 Tagen
  • Broschiertes Buch

Mazkur ishda sendvichsimon tuzilgan ferrotsen va uning hosilasi ferrotsenilbenzoy kislotasining fazoviy hamda elektron tuzilishini zamonaviy kvant kimyoviy usulda örganish maqsad qilib qöyilgan. Ushbu moddalarning fazoviy tuzilishi, atomlardagi elektronlar taqsimotini örganish bilan ularning reaksion qobiliyatini aniqlash mumkin. Hech bir tadqiqotchi tomonidan zamonaviy kvant kimyoviy metodlar yordamida örganilmagan p-ferrotsenilfenol va ferrotsenilbenzoy kislotasini alkillash reaksiyasining mexanizmi zamonaviy kvant kimyoviy metodlar yordamida örganildi. Fridel-Krafts metodida alkillash…mehr

Produktbeschreibung
Mazkur ishda sendvichsimon tuzilgan ferrotsen va uning hosilasi ferrotsenilbenzoy kislotasining fazoviy hamda elektron tuzilishini zamonaviy kvant kimyoviy usulda örganish maqsad qilib qöyilgan. Ushbu moddalarning fazoviy tuzilishi, atomlardagi elektronlar taqsimotini örganish bilan ularning reaksion qobiliyatini aniqlash mumkin. Hech bir tadqiqotchi tomonidan zamonaviy kvant kimyoviy metodlar yordamida örganilmagan p-ferrotsenilfenol va ferrotsenilbenzoy kislotasini alkillash reaksiyasining mexanizmi zamonaviy kvant kimyoviy metodlar yordamida örganildi. Fridel-Krafts metodida alkillash reaksiyasi asos qilib olindi. Dastlabki, oraliq, oxirgi hosilalarning geometriyasi, zaryad taqsimoti, valent burchaklari va energetik kattaliklari Gaussian98W dasturida DFT/B3LYP metodining 3-21G bazisida olib borildi. Zamonaviy kvant kimyoviy tahlil natijasida dastlabki va sintez mahsulotining geometrik körsatkichlari taqqoslandi va sintez mahsuloti natijalari nazariy hisobga mos kelishi aniqlandi.
Autorenporträt
Noibjonova Xurshida Murodjon qiziAndijon davlat tibbiyot instituti assistenti.