Bolalik-hayotning eng beg'ubor va rang-barang davri. Bu yoshda bolalar har bir yangi so'z, har bir tasvir, har bir ohang orqali dunyoni kashf etadilar. Ularning tasavvuri cheksiz, orzulari esa yorqin. Biz esa ularga ana shu kashfiyot va orzular yo'lida yordam berishimiz kerak.Ushbu kitob bolajonlarning she'r o'rganishi, tafakkuri va tasavvur dunyosini boyitishga mo'ljallangan. Unda qiziqarli hikoyalar va she'rlar jamlangan bo'lib, har biri bolalarning ezgulikka, mehr-oqibatga, tabiatni sevishga bo'lgan mehrini oshirishga xizmat qiladi.Har bir satr bolajonlar uchun yangi taassurot, yangi bilim eshigini ochadi. Ularga hayotning sirli go'zalligini tushuntirishda, to'g'ri tarbiya berishda va o'z so'z boyligini oshirishda bu kitob sizga yordam beradi.Keling, bolajonlarni bolalik olamini yanada jozibali qilishga birgalikda hissa qo'shaylik!
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno