Monografiya haqida qisqacha muallif izohi:Ushbu monografiya mening ilk monografiyam hisoblanib, unda bugungi kunda chet tili o¿rganuvchilarda ko¿p uchraydigan psixologik muammolarga yechimlar, xorijiy til o¿rganuvchilarning ko¿pchiligini tashkil etgan kichik maktab yoshidagi bolalardagi ayrim psixologik to¿siqlar va ularning sabablariga qisqacha ilmiy yechim berilgan. Bu monografiyani o¿rganish orqali o¿quvchi o¿zidagi muammoni anglaydi, uni yechimini his etadi va chet tilini o¿rganishda psixologiyaning qanchalik ahamiyatli ekanini tushunib yetadi. Bu monografiyani tilni o¿rganishni endigina boshlayotganlarga va qanday til o¿rganish mumkinligini bilmayotgan, tilni bilib undan foydalana ololmayotgan o¿quvchilarga, maktabgacha yoshdagi bolalarga tälim beruvchi o¿qituvchilarga qo¿llanma sifatida tavsiya qilaman.