Kitob 7 ta bobni o'z ichiga olib, elementar matematikaning ba'zi mavzulari aks ettirilgan. Bu qo'llanma o'qituvchi va o'quvchilarga mo'ljallangan bo'lib, har bir mavzuning ma'ruza qismi va amaliy qismi berilgan. Shu sababli o'quvchi mustaqil ravishda o'z ustida ishlashi uchun ushbu qo'llanma ayni muddaodir. Kitobning birinchi bobi natural sonlar va ular ustida amallar keltirilgan bo'lib, ikkinchi bobi esa ko'phadlarni o'z ichiga oladi. Uchinchi bobda funksiya va uning xossalari haqida ma'lumotlar bilan tanishtirilib, keyingi bobda kekma-ketliklar ba progressiyalarga doir ma'ruza matnlari formulalar va mavzuga doir misollar berilgan. Beshinchi va oltinchi bobda metemetikaning eng asosiy bo'limlari tenglamalar va tengsizliklar keltirilgan. So'nggi bobda esa tekislik geometriyasi: shakllar, yuzalar, o'lchamlar kabi tushunchalar xossalari va mavzuga doir masalalar berilgan.