Tarjima jarayoni nihoyatda mushkul vazifa hisoblanadi. Tarjimon hammavaqt so'z bilan ish ko'radi. Ikki yoki bir necha tilning muhiti va so'zlari dunyosida ham ijodkor, ham tadqiqotchi lingvist va stilist sifatida harakat qiladi. Tarjimon original asarning mazmuni va mundarijasiga ko'ra qo'llangan so'zlar, jumlalar, gaplarning ma'nolarini chiqaradi va ularni asarning umumiy mundarijasi, uslubi, shakliga moslaydi, muvofiqlashtiradi. G¿afur G¿ulomning ¿Shum bolä asari ingliz tiliga Ilhom To¿xtasinov v Ulug¿bek Yo¿ldoshev tomonidan tarjima qilingan. Asarning ingliz tilidagi tarjimasini boshidan oxirigacha o¿qib chiqdim. O¿qish jarayonida tarjimadagi ayrim leksik birliklar, atamalarni o¿zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilingandagi o¿ziga xosliklarga duch keldim. Yäni bunda asosiy xususiyat ikki til madaniyatining bir-biridan tubdan farq qilishi, o¿zbek tilidagi o¿ziga xos milliylikni, turmush tarzini, an¿analarini ifodalovchi realiyalar mavjudligi, o¿zbek xalqi dunyoqarashining ingliz xalqidan mutlaqo o¿zgachaligi hisoblanadi.