Ushbu ilmiy risola genetikaga doir masalalar to`plami bo`lib, biologiyadan muhim masalalar va ularning yechimlaridan iborat. Biologiya ta`lim yo`nalishidagi talabalar va genetika masalalarini yechishga qiziquvchilar uchun foydalali ahamiyatga ega. Biologiyadan muhim masalalar va mashqlar yechish risolasida biologiyadan turli hisoblashga doir eksperimental xususiyatiga ega bo`lgan masala va mashqlar keltirilgan. Risolada keltirilgan masala va mashqlar ayni vaqtda qo`llanilayotgan o`quv dasturi va ishchi dasturiga mos ravishda ishlab chiqilgan. Biologiyaning turli yo`nalishlaridan keltirilgan masalalar yechimi biologik qonuniyatlari, tabiat inomlaridan to`g`ri foydalanish, alohida hayvon va o`simliklaming biologiyasi hamda ekologiyasini o`ziga xos tomonlarini chuqur o`rganish imkonini beradi Shuningdek qo`llanmada masalalar sharti, ishlash usullari, yechimlari qisqa holda bayon etilgan va metodik ko`rsatmalar berilgan. Biologiyadan masalalar yechish o'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini, mantiqiy fikrlashlarini, barcha biologiya kursidan olgan bilimlarini mustahkamlash va rivojlantirish imkonini beradi.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno