Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!Qo'lingizdagi mo'jazgina kitobchada muallifning umr yo'li tasvirlangan desak, hech hech ham yanglishmagan bo'lamiz. She'rlar bu insonning ichki kechinmalari, o'y-u tafakkurlari mahsulidir. Bu to'plamdagi she'rlarning yig'ilish jarayoni ham o'ziga xos tarixga ega: (necha jarayonlardan o'tib kelmad¿ deysiz) muallif 11-12 yoshlaridan she'r yoza boshlaganini eslaydi. Dastlab she'r yozgan-u to'plashga intilmagan, keyinchalik she'rlari unga qadrli bo'lib avaylashga tushgan. Yoshlikdan adabiyotga qiziqqan. Bora-bora she'rlarni bir daftarga yig'a boshladi, yöqotdi ham. Shunday bo'lsa-da, yana yangi kuch va umid topib, ijodini davom ettira oldi, buning uchun O'ziga shukrlar, hamdlar bòlsin.Bo'stoniy taxallusi ostida ijod qiladi. Uning bir jumlasi bor: "Haqiqiy she'riyat insonga qalban va ruhan poklangandagina keladi, tafakkur va qarashlari jam bo'lib qog'ozga muhrlanadi"Kitob ezgu niyatlar ila "Hidoyat" deb nomlandi. Xayrli mutolaa tilaymiz. Kamchiliklar uchun uzr sòraymiz.
Bitte wählen Sie Ihr Anliegen aus.
Rechnungen
Retourenschein anfordern
Bestellstatus
Storno