Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bölib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning alternativ yöllaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi örtasida, hamda sanoat darajasida yölga qöyish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz olish texnologiyasi yaxshi örganilgan bölib, bir qator xorij mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qöllanilmoqda.Respublikamizda biogaz olish ishlari yölga qöyilgan bölsada, hozirgi kunda bu sohadagi ishlar qoniqarli holatda emas (umumiy energiya hosil qilishdagi ulushi 1% dan kam). Shu sababli biogaz olish böyicha xorij texnologiyasini özlashtirish, chorvachilik fermer höjaliklarida biogaz olish ishlarini rivojlantirish, mavjudlarini yanada kengaytirish lozim deb hisoblayman.