Ushbu monografiya XX asr Angliya bolalar va o¿smirlar adabiyoti, mashhur yozuvchi J.K.Roulingning ¿Garri Potter¿ asarlar turkumi orqali bolalar adabiyotiga qo¿shgan hissasi, unda yozuvchi uslubi va uning asar rivojidagi roli masalalariga bag¿ishlangan. Monografiya Angliya adabiyoti, chet el adabiyoti, chet el bolalar adabiyoti, stilistika, adabiyotshunoslik nazariyasi kabi fanlarning tegishli o`rinlarini yoritishga yordam beradi. Shuningdek, monografiyada zikr etilgan natijalar bo`yicha märuza matnlarini tayyorlashda, malakaviy bitiruv ishlari va dissertatsiyalar yozishda, sohaga doir lug`atlar yaratishda foydalanish mumkin.