Oliy tälim muassasalari o¿quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish avvalo, pedagogning innovatsion faoliyatini tashkil etish, mavjud innovatsion texnologiyalarni tahlil qiish, o¿qitiladigan fanning mazmunini e¿tiborga olgan holda uni qo¿llash yuzasidan metodik tavsiyalar tayyorlashni taqozo etadi. Mazkur ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarni o¿quv jarayoniga tatbiq etish va o¿qitish samaradorligini aniqlash muhim o¿rin tutadi. Oliy tälim muassasalari o¿quv jarayoniga innovatsion tälim texnologiyalaridan foydalanish fan o¿qituvchilaridan muayyan ilmiy-uslubiy tayyorgarlikni ko¿rish, innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash zaruratini keltirib chiqaradi. Pedagogik kadrlarni, xususan fan o¿qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda (kasbiy ko¿nikma va malakalarini shakllantirishda) fanlarni o¿qitish metodikasi kursida ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini ajralmas qismi bo¿lgan metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga innovatsion yondashuvni amalga oshirish mazkur tälim jarayonining sifat va samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi.