Mänaviyat ¿ bu, eng avvalo, har bir insonning ichki ruhiy olami, hayoti, dunyoqarashi, axloqiy va insoniy me¿yorlarga amal qilishi, o¿zida insoniylik, bag¿rikenglik, to¿g¿rilik, adolat, xushmuomalalik, halollik, samimiylik, ahillik, daxldorlik, rostgo¿ylik, märifat, totuvlik, jonkuyarlik, poklik va barcha insoniy fazilatlarni anglab yetish va uni amaliy jihatlarda namoyon qila olish, faqat insonlargagina xos bo¿lgan, inson shaxsi va uning hayotiy faoliyati davomida ilm izlash, ijtimoiy muhit hamda munosabatlar, ibrat tarbiyasi, oilaviy muhit, e¿tiqod va ichki botiniy erkinlik va soflik asosida shakllanadigan insoniy xarakter va umumiy fenomen hisoblanadi. Mänaviyat insonni har tomonlama tarbiyalovchi va mänaviyatli inson esa jamiyatni tarbiyalovchi dastak hisoblanadi.Mänaviyat botiniy tushuncha hisoblanadi va uning aks-sadosi bevosita zohiriy olamda aks etishi bilan o¿ziga xoslik kasb etadi. Lekin har doim ham zohiriy olam mänaviy darajani to¿la-to¿kis namoyon qilmasligi, ichki ruhiyat va dunyoqarash, his-tuyg¿ularning darajasi tashqi ifodadan ko¿ra bir necha barobar yuksak bo¿lishi mumkin.