Maple dasturi matematik paketlardan hisoblanib, bunda matematikaga oid deyarli barcha masalalarni bajarish imkoniyati mavjud. Hazirgi kunda bunga o`xshash juda ko`p matematik paketlar mavjud. Maple dasturi yordamida nafaqat oddiy hisoblashlar balki, tenglama va tengsizliklarni yechish, tenglamalar sistemasini yechish, ifodalarni soddalashtirish, funksiyaning grafiklarini chizish, hosila va integrallarni yechish va shunga o`xshash juda ko`p amallarni bajarish mumkin. Matematik paketlar ichida funksiyaning grafigini chizishda Maple dasturi juda ko`p imkoniyatlar va qulayliklarga ega. Qo¿llanmada Maple dasturida funksiyalarni tasvirlash usullari va ulardan foydalanish bo`yicha barcha ma`lumotlar keltirilgan. Bilamizki, barcha dasturlarda funksiyalar oldindan kiritib qo`yilgan standart funksiyalar yoki foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan funksiyalar bo`lishi mumkin. Bularni qanday bajarishga oid mälumotlar to`liq keltirilgan. Bundan tashqari funksiyaning grafigini chizishda foydalaniladigan barcha operatorlar vazifalari bilan yoritib ko`rsatilgan. Maple dasturida funksiyaning grafigi ikki yoki uch o`lchovli grafik sohada va animatsiyalar haqida bayon qilingan.