Iqtisodiyotning yangi taraqqiy bosqichida globallashuv jaroyonida boshqaruv asoslarini makro va mikroiqtisodiy darajada o¿rgatish, korxonalarda boshqaruvni tashkil etish bosqichlari, boshqaruv va tashkiliy munosabatlarni yo¿lga qo¿yish, hamda bozor faoliyatini o¿rganish, uning qonuniyatlari va tamoyillarini o¿rganish bo¿yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirish tälim tizimining muhim vazifalaridan hisoblanadi.Zamonaviy bozor sharoitida respublikamiz tälim tizimi o¿zining barqarorligi, moslashuvchanlik, ijtimoiy o¿zgarishlarga bardoshliligini namoyon etishi yuqori cho¿qqilarga chiqib bormoqda. Shuning uchun ham hozirgi talaba bo¿lajak rahbar boshqaruvchanlik qobiliyatiga, jamoalarni boshqara olish bilan jamoadagi muhitni va nizolarni hal qila olish kabi hislatlariga ega bo¿lmog¿i kerakdir. Shu nuqtai nazardan mazkur uslubiy qo¿llanma amaliy xislatlarini qamrab olishga qaratilgan.Ushbu uslubiy qo¿llanmada keltirilgan testlar, keys, interaktiv mashqalar va nazorat savollari Menejment fani bo¿yicha bilimlarni mustahkamlashga amaliy yordam beradi.