32,99 €
inkl. MwSt.
Versandkostenfrei*
Versandfertig in 6-10 Tagen
  • Broschiertes Buch

Qadrli o'quvchi! Ushbu qo'llanmada sizga o'zbek tili grammatikasidan nazariy ma'lumotlar beriladi. Qo'llanmada tilshunoslikning eng asosiy va eng katta bo'limlari hisoblangan morfemika va morfologiya bo'limlari bo'yicha barcha mavzular sodda va tushunarli tilda bayon qilingan. Har bitta mavzudan so'ng, mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar, shuningdek mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar berilgan. Bu esa mavzuni esda qolishini ta'minlaydi. Mavzular to'liq yoritilgan bo'lib, bu mavzularni o'rganish uchun boshqa hech qanday qo'shimcha qo'llanmaga muhtoj bo'lmaysiz. Mavzular strukturalar va…mehr

Produktbeschreibung
Qadrli o'quvchi! Ushbu qo'llanmada sizga o'zbek tili grammatikasidan nazariy ma'lumotlar beriladi. Qo'llanmada tilshunoslikning eng asosiy va eng katta bo'limlari hisoblangan morfemika va morfologiya bo'limlari bo'yicha barcha mavzular sodda va tushunarli tilda bayon qilingan. Har bitta mavzudan so'ng, mavzu yuzasidan savollar va topshiriqlar, shuningdek mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar berilgan. Bu esa mavzuni esda qolishini ta'minlaydi. Mavzular to'liq yoritilgan bo'lib, bu mavzularni o'rganish uchun boshqa hech qanday qo'shimcha qo'llanmaga muhtoj bo'lmaysiz. Mavzular strukturalar va jadvallar asosida berilganligi o'rganuvchiga qulaylik tug'diradi. Mavzular bir-biriga bog'liq holda berilgan. Qo'llanmani tuzishda hozirda amalda bo'lgan maktab, litsey, kollej darsliklaridan ham foydalanilgan, bu esa bu qo'llanmadan abituriyentlar ham foydalanishi mumkinligini anglatadi.Bu qo'llanmadan hech qanday muammo va chalkashliklarga uchramay morfemika va morfologiya bo'limlarini oson o'rgana olasiz. Kitob o'quvchilar, abituriyentlar va soha bilan qiziqqan barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Sizga ilm olishdek mashaqqatli yo'lda sabr va omad tilaymiz.
Autorenporträt
Maxmudova Zulxumor, tug'ilgan yili: 2000 yil 27 iyul Samarqand shahar Maktab: Samarqand shahar 14-umumiy o'rta ta'lim maktabni 2006-2015 yillar oralig'ida òqigan 2015-2018 yillar oralig'ida Samarqand Davlat Universiteti 1-akademik litseyida tahsil olgan. 2018-yilda Samarqand Davlat chet tillar institutiga qabul qilingan.