Ushbu monografiya hozirgi paytda dolzarb hisoblangan tilshunoslikning system-struktur nazariyasi sohasiga bag¿ishlangan. Ishning yangiligi, mohiyati va ahamiyatini yaxshi yoritilgan. Monografiya mavzusi o¿ta dolzarb, qiziqarli va ilmiy omma e¿tiborini tortadi. Ushbu monografiyada keltirilgan nazariy xulosalar va manbalar sistem-struktur tilshunoslik sohasidagi sodda gap tarkibidagi binar konstruksiya xususida mälumot olishga imkon beradi. Mavzuga doir to¿plangan materiallar oliy o¿quv yurtlarining filologiya fakultetlarida, grammatikaning « sintaksis » bo¿limi uchun manbaa sifatida foydalanishi mumkin.