44,99 €
inkl. MwSt.
Versandkostenfrei*
Versandfertig in 6-10 Tagen
payback
22 °P sammeln
  • Broschiertes Buch

Ushbu monografiyada inglizcha-o'zbekcha mashina tarjima moduli misolida tarjima texnologiyasi, algoritmi va lingvistik ta'minot yaratish masalalari yoritib berilgan. Shuningdek, mavjud mashina tarjimasi tizimlari tahlil qilingan bo'lib, RBMT modellari, SMT arxitekturasi, Neyro va Gibrid mashina tarjimasi kabi MT turlari atroflicha tahlil etilib, mashina tarjimasi uchun lingvistik ma'lumotlar bazasini yaratishda parallel korpuslarning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, parallel korpusga asoslangan mashina tarjimasi dasturiy ta'minoti va lingvistik asoslari masalalariga bag'ishlanib,…mehr

Produktbeschreibung
Ushbu monografiyada inglizcha-o'zbekcha mashina tarjima moduli misolida tarjima texnologiyasi, algoritmi va lingvistik ta'minot yaratish masalalari yoritib berilgan. Shuningdek, mavjud mashina tarjimasi tizimlari tahlil qilingan bo'lib, RBMT modellari, SMT arxitekturasi, Neyro va Gibrid mashina tarjimasi kabi MT turlari atroflicha tahlil etilib, mashina tarjimasi uchun lingvistik ma'lumotlar bazasini yaratishda parallel korpuslarning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, parallel korpusga asoslangan mashina tarjimasi dasturiy ta'minoti va lingvistik asoslari masalalariga bag'ishlanib, nazariy va amaliy ma'lumotlar asosida yaratilgan. Loyiha doirasida ilk bor o'zbek tilining ko'p tilli parallel korpus dasturiy ta'minotining interfeysi yaratilib Paratranslator.uz, o'rganilgan ilmiy tajribalar asosida mulohazalar dalillangan. Ushbu monografiyadan kompyuter lingvistikasi, mashina tarjimasi, tarjimashunoslik, amaliy tilshunoslik fanlarini o'qitishda, shuningdek, professor- o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, bakalavr talabalari foydalanishlari mumkin.
Autorenporträt
Nilufar Abduraxmonova - O'zbekiston Milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor.Gulshoda Shamsiyeva - O'zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi.