Jahonda tola va tayyor mahsulot bozorida raqobatning yuqori darajadaligi, raqobatbardosh sifatli töqimachilik mahsulotlarini chiqindiga chiqib ketishini oldini olish va havoni tozalashning energiya-resurstejamkor texnologiyasi va texnika vositalarini ishlab chiqarishda yetakchi örinni egallamoqda. «Dunyo miqyosida paxta tolasini ishlab chiqarish örtacha 23,0 mln. tonnani tashkil etishini hisobga olsak», paxtaga dastlabki ishlov berishda tolali materiallarni yöqolishini oldini olish va chang havoni tozalash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan tolali materiallarni yöqolishini oldini oladigan va chang havoni tozalash uchun ish sifati yuqori hamda energiya-resurstejamkor texnika texnologiyalarni ishlab chiqarishga katta e¿tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda paxtani dastlabki ishlash texnikasi, texnologiyasi va ularning ilmiy asoslarini takomillashtirish böyicha keng miqyosda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yönalishda, jumladan paxta tarkibidan chiqindiga chiqib ketayotgan tolali materiallarni samarali tozalash orqali atmosfera havosini tozalash hamda energiya-resurstejamkorlikka erishish muhim vazifalardan biri hisoblanmoqda.