Ushbu o'quv qo'llanma avvalgi shu nomdagi (1-qism) kitobning mantiqiy davomi hisoblanadi. Mazkur kitob tabiiy tilni qayta ishlashda turli piton dasturlash tilining kutubxonalari, ma'lumotlar bazasi bilan ishlash, til va nutqni lingvistik analiz qilish bosqichlari (POS tagging, lemmatizatsiya, stemmizatsiya, tokenizatsiya) kabi muhim tushunchalarni o'zlashtirishga mo'ljallangan amaliy va laboratoriya topshiriqlaridan iborat. Ushbu o'quv qo'llanma kompyuter lingvistikasi, NLP, korpus texnologiyasi kabi kompyuter va lingvistikasi o'zaro integral bo'lgan sohada faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar, o'qituvchilar, magistr va talabalarga mo'ljallangan.