Ijod - murakkab jarayon. U ko'ngil izhori, tuyg'u - kechinmalari ifodasidir. Yosh shoirning ushbu she'riy to'plamida muhabbat, vafo, do'stlik kabi insoniy fazilatlar tarannum etiladi. Yosh ijodkorning satrlaridagi samimiylik, tiniq mulohazalar, rangin tasvirlar o'quvchida, she'rxonda xush taassurot uyg'otishiga ishonamiz. Jumladan, shoirning lirik qahramoni ma'naviy soflikni inson hayotining bosh mazmuni deb biladi, kitobxonni ham ana shunga chorlaydi.