Laylo Sharipova Vatanni, onani, döstlikni, sadoqatni tarannum etadi. ¿Vatan¿ tushunchasini möjaz qishlog¿idan boshlab, Shofirkon ¿ Buxoro ¿ O¿zbekiston tarzida kengaytiradi va anglaydiki, inson uchun Yer Vatandir. Ona zamin muqaddasligini anglash uchun shoira yillar kechdi, fikran ulg¿aydi. Dastlab tuyg¿ular ifodasi ustuvor she¿rlar tug¿ilgan bölsa, yillar ötib borgan sayin fikr tiniqligi ohanglarga vobasta böla borgani seziladi. Shoiraning aksariyat hollardagi darddoshi ¿ onasi. Onasi bilan dardlasha-dardlasha bir kun onaga aylangan lirik qahramon goh ayol bölib dil iztiroblarini she¿riga tökib-soldi, goh ona bölib farzandlariga, aniqrog¿i, yosh avlodga öz hayotiy saboqlarini tuyg¿u va fikr uyg¿unligida anglatishga intildi. Muhimi, shoira she¿rlarida bugungi kundan saboq olish, ertangi kundan umidvorlik ruhi bor.Shoira köngil kechinmalarini goh hazin, goh hayotbaxsh misralarda qog¿ozga bitar ekan, aslida umrning mazmuni özlikni anglash ekanligini takror-takror e¿tirof etadi. Olam va odam munosabatlariga xos nozik qirralarni anglash va shu asnoda öz sözini aytishga jahd qilayotgan muallif bilan navbatdagi yuzma-yuzlik she¿rxonga ham manzur böladi deb öylaymiz.