Bu kitobni qo'lingizga olar ekansiz, shuni bilib qo'yishingizni xohladim:Bu kitob oddiy kitob emas. Bu bir paytlar orzulari ummon qizning bolalikdagi orzusi. Aslida, bu kitob ortimda tog'dek turgan dadajonimga va har doim yonimda bo'lgan onajonimga bag'ishlangan. Bu ilk kitobim. Uni chop etilishini ancha kutdim. U yillar davomida chop etilmay yotdi. Undagi ko'p she'rlar bolaligimda yozilgan. Bir paytlar shu she'rlarni yozayotganimda, bularning ham kitobimda bo'lishini xohlaganman. Bugun shu jajji qizning orzusi ushaldi. Aslida, bu kitob meniki emas. Bir paytlar orzulari osmon bo'lgan va o'zining muallifligi ostida kitobi bo'lishini, hammasiga o'z kuchi bilan erishishni xohlagan o'sha Sevinchniki!Sen uddalading, sen bilan faxrlanaman..!