Muhammad Is¿hoq Shavkat Buxoroiy XVII asr shoirlaridan biri bo¿lib, u nafaqat mumtoz she¿riyatda hind uslubining shakllanishiga, balki fors-tojik va turkiy adabiyot rivojiga ham katta hissa qo¿shgan.Ushbu monografiya asosan filologiya fakulteti talabalari, umumtälim maktablarining til va adabiyot o¿qituvchilari hamda ilmiy xodimlar uchun mo¿ljallangan. Monografiyada Shavkat Buxoroiyning ibratli hayot yo¿li va ijodi, shoirning hind uslubidagi pozitsiyasi, ijodkor g¿azallarining g¿oyaviy-badiiy xususiyatlari tahlili va talqini haqida so¿z boradi.