Mashhur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy o'zining ¿Zafarnomä kitobida Amir Temur davrida o¿tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to¿xtalib, ¿Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g¿azal-u naqsh aytur edilar va turkiy mo¿g¿ul, Xitoyu Arab va ajamdin har kim o£z rasmi bilan nag¿ma aytur erdi¿, - degan inälumotlarni keltiradi (¿Yuk- sak mänaviyat yengilmas kuch¿ 140-bet). Ulug¿ ajdodlarimizni ishini davom ettirib san¿atimizni yuksalishiga, rivoj topishiga hissa qo¿shish, uning ertangi kuni haqida qayg¿urish, kelajagimiz bo¿lgan yosh avlodni shu yo¿sinda tarbiyalash barchamizni muqaddas burchimizdir. Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining Davlat ta'lim standarti talabalariga muvofiq va OTM Musiqa ta'limi yo'nalishlari uchun mo'ljallangan "Vokal ijrochiligi" fan dasturi asosida yozilgan. O'quv qo'llanmada alohida e'tibor tovush apparatining texnik rivojiga, artistik mahoratini rivojlantirish va yuqori badiiy saviyada tarbiyalashga qaratilgan.