Tadqiqotning maqsadi voqea joyini közdan kechirish davrida yong¿in sabablarini aniqlashning zamonaviy uslubiyotini ishlab chiqishga qaratilgan. Monografiyada yong¿in joyini közdan kechirish tushunchasi, turlari va protsessual talablari, yong¿inni öchirish vaqtida, közdan kechirishdan oldin bajarilishi lozim bölgan tadbirlar, yong¿in joyida qolgan izlar, ularni saqlab qolish va qayd qilish (fiksatsiya) uslublari, yonish izlari, yong¿in öchog¿ining belgilari, yong¿in joyini közdan kechirishning bosqichlari, vazifalari va usullari, ayrim obyektlarning tadqiq qilish vaqtida közdan kechirish va ashyoviy dalil sifatida olish xususiyatlari örganilgan. Shuningdek, yong¿in öchog¿ini, uning rivojlanishi zonasini geometrik tasvirlash orqali aniqlash, yong¿in öchoq konusining asosiy belgilarini aniqlash, yong¿in chiqqan vaqtni kuyib ketgan predmetlarga (buyumlarga) qarab aniqlash, elektr qarshiligini aniqlash usuli bilan polimer materiallarning kuygan qoldiqlarini örganish, yong¿indan keyin konstruksiyalarda qoldiq harorat zonalarini aniqlash, ortiqcha yuklanish rejimida ishlayotgan elektr tarmoqlarining zonalarini aniqlash, himoya apparatlarini örganish.