Mazkur monografiyada bölajak xorijiy til öqituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish muammosining nazariy-metodologik asoslari, odob axloq, öqituvchining öz oldiga qöygan maqsadi, öz burchi uning tarkibiy komponentlari, tamoyillari va öziga xos xususiyatlari tög¿risidagi ilmiy-nazariy yondashuvlar öz aksini topgan. Shuningdek, bölajak xorijiy til öqituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va pedagogik shart-sharoitlari hamda olib borilgan tadqiqot ishi natijalarining mazmuni yoritilgan. Bundan tashqari monografiyada bölajak xorijiy til öqituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, integrativ yondashuv asosida bölajak xorijiy til öqituvchilarida deontologik kompetentlikni rivojlantirish mazmuni ham keng yoritib berilgan. Ushbu monografiyadan umumiy bölajak xorijiy til öqituvchilari, talabalar, professor-öqituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda keng jamoatchilik ham foydalanishlari mumkin.