Xurshid Davron ona, vatan, yoshlik, bahor haqida yozadimi, To'maris, Spitamen, Mashrab kabi buyuk ajdodlarimiz obrazini kuzatish, inson umrining eng gullagan, beg'ubor va betakror davri bo'lgan, oppoq orzular, nurli dunyosiga boy bo'lgan bolalikni. qalamga oladimi, ishq¿vafo, birinchi muhabbat armonlari-yu iztiroblari haqida yonib kuylaydimi, ularda Xurshid Davronga xos bo'lgan o'zgacha uslub sezilib turadi. Shoir she'rlarida inson ruhiyatining ko'z ilg'amas sezimlari ham alohida, bo'rtib ko'zga tashlanadi va kitobxonlarni o'ziga ipsiz bog'lab oladi.