Inson tafakkurining yangilanishida, uning ongiga mälum bir g¿oyani singdirishda hech qaysi soha adabiyotchalik quvvat va imkoniyatga ega emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangi XXI asr inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning tez o¿sishi va yangilanishiga jiddiy täsir ko¿rsatadi. Chunki adabiyot badiiy so¿z va obrazlar vositasida omma ruhiyatida tubdan o¿zgarish yasaydi. Ushbu kitobda iste'dodli shoir Eshqobil Shukur she'riyatining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari muallif tomonidan chuqur tahlilga olingan va obrazlar tizimiga alohida to¿xtalib o¿tilgan.