Monografiyada til va nutq ayniyati falsafiy tahlillarda muhim kategoriyalar sifatida ajratiluvchio¿zbek substansial tilshunosligi yutuqlariga tayanilgan. Dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi qonunining tilda voqelanishi lisoniy ziddiyat orqali yuzaga chiqadi. Lisoniy ziddiyat lisoniy birliklarning yashovchanligi, barqarorligi va muntazamliligini täminlovchi jihatlardan biri. Zero, bir-biriga yaqin, o¿xshash yoki birini eslaganda boshqasi esimizga tushadigan paradigmatik; qo¿shnichilik asosida yonma-yon joylashadigan (Shunday joylashish xususiyati ichki imkoniyatida mavjud bo¿lgan) birliklarning sintagmatik; darajalanish xususiyatiga ega pog¿onali munosabatda turgan lisoniy birliklarning barcha-barchasi o¿zaro ziddiyatda turadi. Ishimizda shunday ziddiyat turlaridan biri¿privativ (noto¿liq) ziddiyat v uning o¿ziga xos jihatlari xususidamulohaza yuritiladi. Kitob oily tälim tizimi filologiya va tillarni o¿qitish (o¿zbek tili) tälim yo¿nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar hamda soha mutaxassislariga mo¿ljallangan.