23,99 €
inkl. MwSt.

Versandfertig in 6-10 Tagen
  • Broschiertes Buch

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda jiddiy o`zgarishlarga qo`l urildi. Ayniqsa, sho`rolar davridagi ijodkorlar faoliyatini qayta baholash, ularning o`zbek adabiyoti taraqqiyoti yo`lidagi ishlarini qayta tiklashga katta e¿tibor berildi. Jumladan Fitrat, Sadriddin Ayniy va Olim Sharafiddinov va boshqalar ijodini xalqimizga bor bo`yicha qaytarish ishlariga kirishildi. Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab sho`rolar davri adabiyotini qayta o`rganish, jumladan shoirlar va yozuvchilar bo`yicha adolatsizliklarni bartaraf etish masalalari…mehr

Produktbeschreibung
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda jiddiy o`zgarishlarga qo`l urildi. Ayniqsa, sho`rolar davridagi ijodkorlar faoliyatini qayta baholash, ularning o`zbek adabiyoti taraqqiyoti yo`lidagi ishlarini qayta tiklashga katta e¿tibor berildi. Jumladan Fitrat, Sadriddin Ayniy va Olim Sharafiddinov va boshqalar ijodini xalqimizga bor bo`yicha qaytarish ishlariga kirishildi. Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab sho`rolar davri adabiyotini qayta o`rganish, jumladan shoirlar va yozuvchilar bo`yicha adolatsizliklarni bartaraf etish masalalari kun tartibiga qo`yilgan. Fitrat, S. Ayniy, Olim Sharafiddinov va yana o`nlab shoirlar va yozuvchilar ijodini milliy mustaqillik va milliy mafkura manfaatlari nuqtayi nazaridan qayta o`rganishga kirishildi. Endi bu materiallarni yangicha qarashlar asosida o`rganish, umumlashtirish o`zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalaridan biri bo`lib turibdi. Bizning monografiyamiz ham aynan mana shu dolzarb masalani o`rganishga bag`ishlangan.
Autorenporträt
Qudratova Muborak Shuhratovna ¿ 2019-yilda Buxoro davlat universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Ixtisosligi: Adabiyotshunoslik. Ayni paytda Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida o`qituvchi lavozimida ishlamoqda.